Berlin hozircha Kiyevni TAURUS qanotli raketalari bilan ta’minlamaydi, chunki ular Moskvadagi nishonlarga tegishi mumkin, deya ma’lum qildi Germaniya kansleri Olaf Shols 29 fevral, payshanba kuni «TAURUS 500 kilometr masofani bosib o‘tadi va agar u noto‘g‘ri ishlatilsa, Moskvadagi biron bir joyda nishonga tegishi mumkin», dedi u Drezden aholisi bilan uchrashuvda.
Germaniya hukumati rahbari TAURUS raketalaridan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash uchun Ukrainaga nemis harbiylarini yuborish zarurligini ta’kidladi, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, bu yuz bermaydi. «Men diplomatik mavhumlik bilan gapiryapman: boshqalar ham aniq nima va qayerga qo‘nayotganini bilishga e’tibor beryapti», deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.
Germaniya kansleri Kiyevga TAURUS yetkazib berilishiga bir necha bor qarshi chiqqan
Bir necha kun oldin Shols: «Bu juda uzoq masofali qurol, inglizlar va fransuzlar nishonga olish va kuzatish bo‘yicha nima qilayotganini Germaniyadan turib qilish mumkin emas», dedi. Shols jurnalistlarning Ukrainaga TAURUS raketalari yetkazib berilsa, Germaniya urushga qo‘shilishidan qo‘rqadimi, degan savoliga javob berdi. «Nemis askarlari, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu tizim zarba berishi mumkin bo‘lgan nishonlarga hech qanday aloqasi bo‘lishi mumkin emas», deya qo‘shimcha qildi Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari.
Kanslerning so‘zlari Britaniya va Fransiya harbiy mutaxassislarining Ukrainada ekanini bilvosita tan olish sifatida qabul qilindi. London darhol Sholsning da’vosini rad etdi.
Drezdendagi yig‘ilishda kansler ayni damda Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaslik haqidagi qarorini tanqid qilganlardan hayratda qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Ukrainaga boshqa barcha davlatlarga qaraganda ko‘proq qurol yetkazib beradi. Birgina joriy yilning o‘zida bu maqsadlar uchun budjetdan 6 milliard yevro ajratiladi. Bu Kiyevga qurol yetkazib berish bo‘yicha Yevropa Ittifoqida ikkinchi o‘rinni egallagan Fransiyada rejalashtirilganidan ikki barobar ko‘pdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi