Foto: Polisia.kz
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida politsiya yollanma qotillikda gumonlanganlarni qo‘lga oldi. Jinoyat tashkilotchisi mulkni eri bilan bo‘lishishni istamagan ayol hisoblanadi. Bu haqda Polisia.kz xabar berdi.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining ikki nafar fuqarosi rejalashtirilgan jinoyat joyida qo‘lga olingan. Jinoyat tashkilotchisi eri bilan mulkni bo‘lishishni istamagan va shu sababli uni o‘ldirish uchun pul to‘lagan ayol ekani aniqlangan.
Politsiya gumonlanuvchilardan dalillarni musodara qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol qurol sotib olish va qotillikni amalga oshirish uchun 1,3 million tenge (taxminan 2 ming 900 dollar) bergan. Hozirda qotillikka suiqasd bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchilarga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchining hayoti xavf ostida emas va u xavfsiz. Boshqa ma’lumotlar tergov manfaati uchun oshkor etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi