Foto: depositphotos.com
AQSH prezidenti Jo Bayden ikkinchi muddatga qayta saylansa, Ukrainaga Amerika qo‘shinlarini yuboradi. Bu haqda amerikalik milliarder Devid Saksga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.
“Bayden dastlab uchinchi jahon urushi boshlanishiga olib kelishi mumkinligi sababli Ukrainaga F-16, Abrams tanklari va uzoq masofaga uchuvchi raketalarni yuborishga qarshi chiqqan edi. U bularning barchasini allaqachon yuborgan”, — dedi milliarder.
“Yagona tabu”, deydi u, AQSH quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborishi bo‘lib qolmoqda. Biroq milliarderning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron allaqachon bu mavzuni ko‘targan. Bundan tashqari, Ukrainada NATO maxsus kuchlari faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumotlar bor.
“Bayden buni saylovdan oldin qilolmaydi. Lekin u qayta saylansa, Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborishiga shubham yo‘q”, — deydi u.
2022 yil mart oyida Bayden Amerika qo‘shinlari bilan Ukrainaga jangovar texnika, samolyot va tanklarni yuborish uchinchi jahon urushi boshlanishini anglatishini aytgandi. 2023 yil fevralida Bayden F-16 qiruvchilarini Ukraina armiyasiga topshirishni rad etdi, chunki ularga “kerak emas”ligini aytdi.
Shu bilan birga, Amerika Abrams tanklarining birinchi partiyasi 2023 yil sentyabr oyida Ukrainaga yetkazib berildi; jami AQSH Kiyevga 31 ta tank berishni va’da qilgan.
2023 yil avgust oyida AQSH Daniya va Niderlandiyadagi F-16 samolyotlarini Ukrainaga topshirishni ma’qulladi; Ukraina harbiy uchuvchilarni tayyorlash tugagandan so‘ng ular aviatexnikalarni uchinchi mamlakatlardan qabul qiladi.
AQSHda prezidentlik saylovlari shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Respublikachilar partiyasidan nomzodlikka Donald Tramp va Nikki Xeyli da’vogarlik qilmoqda. Bayden Demokratik partiyadan qayta saylanish niyatida ekanini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi