Belgiyaning «De Tijd» gazetasi veb-saytida «Eng yaxshi non Samarqandda, O‘zbekistonda» sarlavhali maqola paydo bo‘ldi.
«O‘zbek xalqi uchun non muqaddas bo‘lib, u haqida ko‘plab rivoyatlar, maqollar mavjud. Ulardan biri Buxoro amiri Samarqand nonini tatib ko‘rib, shaharning eng zo‘r novvoyidan ushbu nonni Buxoroda ham pishirishni so‘ragani haqidagi hikoyadir, — deyiladi maqolada.
— Buxoroda tayyorlangan non Samarqand nonining mazasini bermaydi. Bu amirni g‘azablantiradi va novvoydan tushuntirish talab qiladi. Nonvoy un Samarqanddan keltirilmaganini ta’kidlaydi. Ikkinchi marta non Samarqanddan keltirilgan undan pishiriladi. Biroq, bu ham Samarqand nonining asl mazasini bermaydi. Balki, bu suv bilan bog‘liqdir, deb o‘ylaydi novvoy va suvni ham Samarqanddan keltirishlarini so‘raydi. Ammo Buxoroda pishirilgan non Samarqandda tayyorlanganidek chiqmaydi. Shunda novvoy Samarqandning havosi nonning yetishmaydigan asosiy tarkibiy qismi ekanini aytadi».
Nashrda Samarqandda kuniga 12 ming dona non pishirilishi xabar qilingan.
«Retsept oddiy — xamirturushli xamirni bir kun oldin qorib bir kecha tindirasiz. Ertalab xamirga bir necha bor qo‘lda ishlov berib, yana tindiriladi. Xamir me’yoriga yetgach, unga shakl beriladi. Ularning o‘rtasi shishib ketmasligi uchun pastga bosiladi. Nonga kunjut sepiladi va bir xil qizarib pishishi uchun tuxum sarig‘i hamda ozgina sariyog‘ surtiladi», — deb yozgan «De Tijd». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Toresk ham ruslar qoʻliga oʻtmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi