Foto: Tasnim News Agency
Bullezli epidermoliz bilan kasallangan eronlik bemorlar Tehron xalqaro munosabatlar sudiga AQSH ustidan da’vo arizasi bilan murojaat qilishdi. Chunki Amerika sanksiyalari tufayli ular kerakli dori-darmonlar va bintlarni sotib ololmayapti. 6 mart kuni Eron sudi Advantage Sweet tankeri olib ketayotgan AQSH neftini musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Kemaning o‘zi hibsga olindi, deb xabar berdi Tasnim agentligi.
Bullezli epidermoliz - bu genetik kasallik bo‘lib, bemorlar terisi tashqi ta’sirlarga juda sezgir bo‘lib qoladi: hatto kichik zarbalar, ko‘karishlar va ishqalanish jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu xususiyatlar tufayli bemorlar «kapalak odamlar» deb ataladi.
Tanker 2023 yil 28 aprelida O‘mon ko‘rfazida qo‘lga olindi. Marshall orollari bayrog‘i ostidagi kema Kuvayt neftini Qo‘shma Shtatlarga olib ketayotgan edi. AQSH rasmiylari Eronning harakatlarini xalqaro huquqqa zid deb hisoblab, kemani ozod qilishni talab etdi. Eron esa tanker Fors ko‘rfazida boshqa kema bilan to‘qnashib ketganini, shu tufayli hibsga olinganini da’vo qilayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga oʻzini qutqarishning noodatiy usulini taklif qilishdi
Frontdagi vaziyat: Toresk ham ruslar qoʻliga oʻtmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi