Foto: Middle East Monitor
Iroqdagi “Islomiy qarshilik harakati” guruhi Isroil shimolidagi aeroportga harbiy dronlar hujumini uyushtirdi. Hujum oqibatida aeroport jiddiy shikastlangan. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.
Iroqdagi guruhlar 5 mart kuni G‘azodagi Falastin xalqi bilan birdamligini bildirish uchun Livan bilan chegaradagi Kiryat Shmona aeroportini nishon olgan. Guruh bu hujum G‘azoda ayollar va bolalar qirg‘in qilishiga javoban amalga oshirilganini bildirgan.
Iroqdagi qarshilik guruhlari so‘nggi bir necha oyda Isroil hududiga ko‘plab havo hujumlari uyushtirgan. So‘nggi hujum Isroilning Hayfa kimyoviy ishlab chiqarish birlashmasi hududida sodir etilgan edi. Guruhlar rahbariyati hujumlar ssenariysi davom etishini ham qo‘shimcha qilgan.
Xabarda aytilishicha, qarshilik guruhi Vashingtonning Isroil harbiy kampaniyasini asossiz qo‘llab-quvvatlaganidan norozi holda Suriya va Iroqdagi AQSH yirik harbiy bazalariga ham zarbalar berganini da’vo qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga oʻzini qutqarishning noodatiy usulini taklif qilishdi
Frontdagi vaziyat: Toresk ham ruslar qoʻliga oʻtmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi