00:20 / 09.03.2024
378

Hindistonda talabalarni aldab, Ukrainadagi urushga yollayotgan tarmoqlar aniqlandi

Hindistonda talabalarni aldab, Ukrainadagi urushga yollayotgan tarmoqlar aniqlandi
Foto: Reuters
Hindiston Markaziy Tergov Byurosi (CBI) mahalliy talabalarni Rossiya tomonida Ukrainada jang qilishga yollash bilan shug‘ullangan agentlar tarmog‘ini fosh qildi, deb yozdi The Indian Express.

Yoshlar Rossiyaning ayrim xususiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan aldab olib ketilgan. Rossiyaga borganidan so‘ng, ularning pasporti olib qo‘yilgan va Rossiya Qurolli Kuchlari tomonida Ukrainadagi urushda jang qilishga majburlangan.

Hindistonning yetti shahrida o‘tkazilgan reydlar davomida, agentliklardan biri 180 nafarga yaqin odamni Rossiyaga, asosan, talabalik vizasi bilan jo‘natgani ma’lum bo‘lgan. Tergov guruhi bu odamlarning barchasi qanday qilib Rossiyaga olib ketilganini, bunda Rossiya elchixonasi xodimlarining rolini ham aniqlamoqda.

CBI bayonotiga ko‘ra, M/s24x7 RAS Overseas Foundation kompaniyasi va uning direktori Suyash Mukut Hindistondan Rossiyaga odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi boshqa agentlar bilan hamkorlik qilgan.

Avvalroq, Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga borib, so‘ngra o‘z xohishiga qarshi deyarli hech qanday tayyorgarliksiz frontga jo‘natilgan 20 ga yaqin hindistonlikni aniqlagani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo