
Foto: TIV axborot xizmati
Tashrif bilan Tokioga borgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida tomonidan qabul qilindi.
"Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida janobi oliylari tomonidan qabul qilinganimiz biz uchun sharafdir", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Baxtiyor Saidov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazgan. Suhbat siyosiy muloqotdan tortib, madaniy almashinuvlargacha bo‘lgan keng ko‘lamli ikki tomonlama masalalarni qamrab oldi.
"Tashqi ishlar vazirliklari bundan keyin ham strategik hamkorligimizni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi", deb yozadi u. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing