21:33 / 11.03.2024
191

Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi
Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
Dushanbe shahrida bugun, 11 mart kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston hukumati delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tojikiston rahbari O‘zbekiston delegatsiyasining Dushanbega tashrifi hamkorlik istiqbollarini belgilash nuqtayi nazaridan muhim ekanini, shuningdek, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlagan.

Bosh vazir, dastlab, prezident Emomali Rahmonga O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazar ekan, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot mamlakatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidlagan.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
Shuningdek, 2022 yil iyun oyida O‘zbekistonda Oliy darajada bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida tarixiy hujjat — Abadiy do‘stlik va ittifoqchilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingani va boshqa muhim kelishuvlar ikki birodar xalqlarimiz manfaatlariga to‘la javob berishini qayd etgan.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo