Foto: IHA
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning korteji yo‘l-transport hodisasiga uchradi, prezidentni qo‘riqlovchi politsiyachi hodisa tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Erdo‘g‘onning o‘zi ma’lum qildi.
“Shirnakdagi mitingimizdan keyin sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida politsiyachi Firat Dere bugun halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik bildiraman”, — dedi Turkiya rahbari Mardin shahridagi mitingda.
Shuningdek, u jarohat olgan boshqa xodimlarga ham tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Turkiya janubi-sharqidagi Shirnak viloyatida Erdo‘g‘onning korteji avtohalokatga uchragan. IHA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir politsiyachi halok bo‘lgan, yana uch nafari yaralangan, ulardan ikki nafari politsiya xodimlari hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi