date
views 226

BMT Bosh assambleyasi islomofobiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi islomofobiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi
Foto: Reuters
BMT Bosh assambleyasi islomofobiyaga qarshi kurashish choralarni o‘z ichiga olgan rezolyutsiyani qabul qildi. Reportning Amerika byurosi xabariga ko‘ra, Pokistonning BMTdagi doimiy vakili ovoz berishga taqdim etgan ushbu hujjat ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi: rozilar — 115 mamlakat, betaraflar — 44 mamlakat.

O‘zbekiston, tabiiyki, rezolyutsiyani tasdiqlagan mamlakatlar qatorida.

Hujjatda so‘nggi yillarda dunyoda islomofobiya holatlari ko‘paygani, shuningdek, davlat va xususiy sektorda ishlayotgan odamlarga nisbatan dini yoki e’tiqodi tufayli zo‘ravonlik holatlari yuzaga kelishining odini olish choralari samarasizligi, bunday holatlar uchun javobgarlik yetarlicha ta’minlanmayotganidan tashvish bildirilgan.

15 martni Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilish g‘oyasi birinchi marta 2020 yil noyabr oyida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Niamey (Niger)da bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Turkiya va Pokiston tomonidan ilgari surilgandi. BMT Bosh Assambleyasi 2022 yilda ushbu tashabbusni tasdiqlab, 15 martni Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurashish kuni, deb e’lon qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Bosh assambleyasi islomofobiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi