Foto: Jose Colon/Anadolu via Getty Images
O‘q-dorilar keskin tanqisligi sababli Ukraina qurolli kuchlari (UQK) o‘z shaharlarining havo mudofaasi uchun raketalarni mart oyi oxirigacha tugatishi mumkin. «Bu shuni anglatadiki, Ukraina hozirgidek Rossiyaning beshta raketasidan to‘rttasini urib tushirish o‘rniga, beshta raketadan faqat bittasini urib tushira oladi», — deb yozadi Britaniyaning The Telegraph gazetasi 16 mart kuni.
U Rossiya armiyasi qurol-yarog‘lar soni bo‘yicha Ukraina armiyasini ortda qoldirayotganiga va Ukrainada havo hujumidan mudofaa raketa zaxiralari tugagani haqidagi xabarlar fonida Ukraina hududiga havo hujumlarini kuchaytirishga tayyorlanayotganiga e’tibor qaratdi.
Shu bilan birga, The Telegraph Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bog‘liq bo‘lgan Rossiya Telegram-kanallariga ham ishora qiladi, ularda «Ukraina kuchlari hali ham qattiq qarshilik ko‘rsatmoqda va nisbatan yaxshi qurollanganga o‘xshaydi», deb yoziladi. Rossiya resurslari, ayniqsa, Ukraina dronlarining samaradorligini alohida qayd etyapti.
Ukraina uchun moliyaviy yordam bilan bog‘liq muammolar
Ukrainadagi o‘q-dorilar bilan bog‘liq keskin vaziyat fonida, Qo‘shma Shtatlardagi siyosatchilar Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirish maqsadga muvofiqligi haqida qizg‘in bahs-munozaralarga kirishmoqda. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, agar Donald Tramp prezidentlikka qayta saylansa, AQSH Ukrainaga boshqa pul bermasligini aytdi.
Polsha bosh vaziri Donald Tusk keskin ravishda AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonni Amerikaning Ukrainaga 60 milliard dollarlik yangi yordam paketi uchun ovoz berish jarayonini tezlashtirishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jonson 20 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Rossiyaning yaqinda Odessaga bergan zarbasi oqibatlarini diqqat bilan ko‘rib chiqishi kerak.
12 mart kuni Vashington Kiyevga 300 million dollar shoshilinch harbiy yordam ko‘rsatishini e’lon qildi, biroq Qo‘shma Shtatlar Kongress qo‘shimcha moliyalashtirishni ma’qullamay turib, Ukrainaga boshqa yirik paketni taqdim eta olmasligidan ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)