Foto: AP Photo
Chexiya parlamenti Rossiyani mamlakat xavfsizligi uchun eng katta tahdid deb e’lon qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Chexiya parlamenti “Rossiya terrorchi rejimi” harbiy jinoyatlar sodir etayotgani, Ukraina va boshqa Yevropa davlatlarida o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga urinayotgani haqida rezolyutsiya qabul qildi. Shuning uchun, chex parlamentariylari fikricha, Ukrainaga Rossiya agressiyasidan himoya qilishda yordam berishda davom etish nihoyatda muhim.
“Harbiy texnika yetkazib berishni to‘xtatish Ukrainaning Rossiya terrorchi rejimi tomonidan bosib olinishi va vayron bo‘lishiga olib keladi”, — deyiladi rezolyutsiyada.
Bosh vazir Petr Fiala boshchiligidagi liberal-konservativ koalitsiyadan 84 nafar deputat rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergan, 42 nafari betaraf qolgan. Qarshi ovoz berganlar soni 17 tani tashkil qiladi.
Ilgari Chexiya Kiyevga jangovar tanklar, vertolyotlar va bir nechta raketa tizimlari yetkazib bergan. Hozirda Chexiya Ukrainaga jo‘natish uchun 800 mingga yaqin artilleriya snaryadlarini sotib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi