Foto: Eurasian Research Institute
Xitoy Hindiston bilan hududiy bahsga AQSHni aralashmaslikka chaqirdi. Kecha, 21 mart kuni XXR TIV rasmiy vakili Lin Szyan Xitoy ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilgan brifingda bayonot berishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi bahsli hudud masalasining Vashingtonga taalluqli hech qanday joyi yo‘q.
«Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi chegara delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani yo‘q. «Szannan (Arunachal-Pradeshning xitoycha rasmiy nomi) doim Xitoy hududi bo‘lgan. Bu muhokama qilinmaydigan asosli fakt. Xitoy-Hindiston chegarasi masalasi Xitoy va Hindiston tomonidan hal qilinadi, AQSHga hech qanday aloqador joyi yo‘q», — dedi Lin Szyan.
«AQSH turli usullar bilan boshqa mamlakatlarning o‘zaro bahslarini qo‘zg‘ashi va o‘z egoistik geosiyosiy manfaatlari yo‘lida foydalanishi yaxshi ma’lum», — qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi bosh o‘rinbosari Vedant Patelning Qo‘shma Shtatlar «Arunachal-Pradeshni Hindiston hududi deb tan olishi» haqidagi bayonotidan bir necha soat o‘tib, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi javob bayonotini berdi.
Hindiston Xitoyning Arunachal-Pradeshga hududiy da’volarini bir necha marta qaytarib, bu shtat mamlakatning ajralmas qismi ekanini ta’kidlab keladi.
Ma’lumot uchun: Arunachal-Pradesh — Hindiston shimoli-sharqida joylashgan tog‘li shtat. Hududi — 83,73 ming kvadrat kilometr. Aholisi — 1,4 mln atrofida, 80 dan ortiq millatlar yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi