1 803
Moskva viloyatidagi teraktda gumonlanib ushlanganlardan biri bu ishni nega qilganini aytdi (video)
Rossiyaning Moskva viloyatida Crocus City Hall'dagi teraktda gumonlanib ushlangan shaxslardan biri bu ishni pul uchun qilganini tan oldi.
Gumondor 4 mart kuni Turkiyadan uchib kelganini aytib, terakt uchun unga 500 ming rubl (67 mln so‘mdan ziyod) taklif qilinganini ta’kidlagan. Undan aynan kimning o‘limi uchun pul taklif qilingani so‘ralganda, istalgan fuqaro uchun ekanini bildirgan.
E’lon qilingan kadrlarda erkak o‘zini Fariddun Shamsutdin deya tanishtirgan, shuningdek, tug‘ilgan sanasi 1998 yil 17 sentyabr ekanini aytgan. Unga zaldagi barcha odamlarni o‘ldirish topshirig‘i berilganini qayd etgan.
Qolaversa, jinoyati uchun unga taxminan 1 million rubl va’da qilinganini ham tan olgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi sammitning ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)
Britaniyada “Katta ogʻa seni kuzatmoqda” tangasi chiqarildi
Rossiyadagi aeroportda oʻzbekistonlik erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi (video)
Daniya razvedkasi: AQShning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi
Yaponiyada kuchli zilzila sodir boʻldi
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin