17:00 / 24.03.2024
764

Medvedev Crocus'dagi teraktni tashkillashtirishda ishtirok etgan barchadan o‘ch olishga va’da berdi

Medvedev Crocus'dagi teraktni tashkillashtirishda ishtirok etgan barchadan o‘ch olishga va’da berdi
Foto: RBK
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Crocus City Hall dagi teraktni tashkillashtirishda ishtirok etgan barchadan o‘ch olishga va’da berdi va ularni “qonuniy va asosiy nishon” deb atadi.

"Biz hammadan qasos olamiz. Va kelib chiqishi va maqomidan qat’i nazar, ishtirok etgan har bir kishi endi bizning qonuniy va asosiy maqsadimizdir", — deb yozadi Medvedev.

U postga xuddi “Piknik” guruhining shu nomdagi qo‘shig‘ini ilova qilgan.

22 mart kuni kechqurun Krasnogorskdagi Crocus City Hall konsert zalida terakt sodir etilgan edi. “Piknik” guruhi chiqishidan oldin zalga qurollangan odamlar bostirib kirib, tomoshabinlarga qarata o‘q uzgan. Shundan so‘ng ketma-ket portlashlar va yong‘in boshlangan. Voqea natijasida kamida 133 kishi halok bo‘lgan, yana 154 kishi jarohatlangan. Rossiya favqulodda xizmatlari vakillari bu yakuniy raqamlar emasligini ta’kidlagan.

23 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin teraktning barcha to‘rt nafar bevosita aybdori qo‘lga olinganini aytgan. Shuningdek, davlat rahbari 24 martni umumxalq motam kuni deb e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Medvedev Crocus'dagi teraktni tashkillashtirishda ishtirok etgan barchadan o‘ch olishga va’da berdi