
Xitoy sudi mamlakat futbol assotsiatsiyasining sobiq raisi Chen Syuyanni poraxo‘rlikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
Chen Syuyan siyosiy huquqlaridan mahrum qilindi va barcha shaxsiy mulki musodara qilindi. Uning pora sifatida olgan noqonuniy daromadlari qonunda belgilangan tartibda davlat g‘aznasiga o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq amaldor 2010 yildan 2023 yilgacha Shanxay xalqaro tashkiloti va futbol assotsiatsiyasida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan vaqtida 81 million yuandan (11 million AQSH dollari) ortiq pora olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar