© Sputnik / Rossiya TIV matbuot xizmati
G‘arb birinchi marta Ukraina mojarosida o‘z manfaatlari haqida shunchalik ochiq gapirdi, AQSHning xalqaro munosabatlarga yondashuvida bunyodkorlikdan asar ham qolmadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq Borrell Yevropa Ittifoqi Rossiyaga “bu urushda g‘alaba qozonishiga” yo‘l qo‘ymasligini, chunki AQSH va Yevropa manfaatlari zarar ko‘rishini va bu nafaqat Ukrainani saxovatpeshalik va qo‘llab-quvvatlash masalasi, balki Yevropaning ham o‘z manfaatlariga mos kelishini aytdi.
“G‘arb rejimlari vakili birinchi marta sodir bo‘layotgan voqealarning mohiyati haqida ochiq gapirdi. Gap g‘arbliklar amalda yo‘q qilgan "ukrainaliklarga muhabbat" emas. Qo‘shma Shtatlar o‘z gegemonligini saqlab qolish, dunyo ishlarida susayib borayotgan rolini saqlab qolish istagida. Amerikaning xalqaro munosabatlarga yondashuvida bunyodkorlikdan asar ham qolmadi”, — deb yozadi Zaxarova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, liberal demokratlar faqat qanday qilib yo‘q qilishni bilishadi va bu mahoratni hukmronlik kafolati sifatida ko‘rishadi.
"Yevropa Ittifoqining hozirgi bosqichdagi vazifasi hech kim fikrini so‘ramagan o‘z fuqarolarining puliga sotib olingan patronlarni majburiy ravishda yetkazib berishdir", — deya qo‘shimcha qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi