05:00 / 30.03.2024
442

Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlar ommaviy ravishda deportatsiya qilinmoqda

Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlar ommaviy ravishda deportatsiya qilinmoqda
Foto: paperpaper.ru
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri huquq-tartibot idoralari Rossiyada qolish huquqiga ega bo‘lmagan xorij fuqarolarini aniqlash va deportatsiya qilish bo‘yicha «Antimigrant» nomli keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazmoqda. Bu haqda «Perviy otdel» inson huquqlari loyihasi xabar berdi.

«Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlariga yaqinlasha olmaysiz. Ularning atrofida aeroportga olib borish uchun mo‘ljallangan ko‘plab maxsus mashinalar va avtobuslar turibdi. Shuningdek, yotoqxona va xonadonlarda ham reydlar o‘tkazilmoqda. Barcha maxsus hibsxonalar to‘lib toshgan», dedi ismini oshkor etmagan advokat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pulkovo aeroportidan migrantlar samolyotlarda ommaviy ravishda mamlakatdan chiqarib yuborilmoqda.

«Kecha birgina Sankt-Peterburgning Viborg tumanidan 64 nafardan ortiq xorij fuqarosi deportatsiya qilindi. To‘lgan ikkita samolyot havoga ko‘tarildi», dedi «Perviy otdel» manbasi.

Qayd etilishicha, 29 mart kuni deportatsiya to‘g‘risida qaror qabul qilingan migrantlar bilan to‘lgan yana bir necha avtobus aeroportga jo‘nagan.

22 mart kuni «Krokus Siti Xoll»da Tojikiston fuqarolari gumonlanib hibsga olingan teraktdan so‘ng, Moskvada «sharqona qiyofaga ega» shaxslarni tekshirish kuchaytirildi. Joriy haftada Moskva sudlarida Rossiya Federatsiyasiga kirish qoidalarini buzish bo‘yicha ishlar ko‘paygan. Shuningdek, fuqarolar orasida ksenofobiya tuyg‘ulari keskin kuchaygan.

Xabar qilinishicha, Rossiya shaharlarida odamlar Tojikistondan kelgan haydovchilar bilan taksida sayohat qilishdan bosh torta boshlagan, tojik diasporasi rahbarlari esa o‘z yurtdoshlariga kechki payt uydan chiqmaslikni tavsiya qila boshlaganlar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlar ommaviy ravishda deportatsiya qilinmoqda