1 043
Konstantinov: “Kiyev yaqinda tinchlik so‘raydi, lekin uning shartlari Rossiyaga mos kelishi dargumon”
Foto: RIA
Qrim parlamenti rahbari Vladimir Konstantinovning Ukraina tez orada tinchlik so‘rashi, biroq uning shartlari Rossiyaga to‘g‘ri kelmasligi mumkinligini aytdi, deya “RIA Novosti” xabar berdi.
"Mening fikrimcha, yaqin kelajakda Ukraina tinchlik so‘raydi. Lekin bu bizga kerakli, mos keladigan tinchlik emas. Bizga Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan tinchlik kerak. Bizning prezident buni aniq ta’kidlagan", — dedi Konstantinov “RIA Novosti”ga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi Kiyev rejimi hech qanday xavfsizlik kafolatlarini ta’minlay olmaydi.
"Ular faqat Minsk kelishuvlarining yangi nusxalarini ishlab chiqarishga, shartnomalarni birin-ketin imzolashga qodir. Ular shartlarga rioya qilmoqchi emasligi aniq. Lekin biz barcha qonun va majburiyatlarga amal qilamiz. Agar bizning “sheriklarimiz” o‘z zimmasidagi majburiyatlariga o‘zlarini mas’ul deb hisoblamasa, nega biz ular bilan aloqa qilishimiz kerak?" – deydi parlament rahbari.
Uning fikricha, Ukrainadagi tinchlik Belgorod, Bryansk, Voronej, Qrim, Xerson, Zaporoje va Donbass xavfsizligini kafolatlaydigan Rossiya g‘alabasiga asoslangan bo‘lishi kerak. Konstantinov rus dunyosining bir qismi sifatida millatchi odamlar kerak emasligini aytgan. U Kiyev rejimi Rossiya uchun xavfliligini, agar bunga chora ko‘rilmasa, u qayta-qayta o‘zini namoyon qilishini ta’kidlagan.
Shuningdek, parlament rahbari Kiyev rejimi vakili bo‘lgan har bir kishini hokimiyatdan chetlatish kerakligini qo‘shimcha qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi