17:17 / 30.03.2024
607

Annalena Berbok: “Putin NATOni mojaroga tortmoqchi”

Annalena Berbok: “Putin NATOni mojaroga tortmoqchi”
Foto: Ost/West
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOni urushga tortish istagida ekanligini aytib, Ukraina bo‘yicha muzokaralarni rad etishda aybladi. Bu haqda Tagesspiegel'ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

"U, albatta, muzokaralar olib borishni istamaydi", — dedi u Funke gazetalariga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, Berbok Putin g‘alaba qozonsa, Yevropada xavfsizlik va xalqaro tartib xavf ostida qolishini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, vazir Ukrainaga Yevropa Ittifoqi qo‘shinlarini yuborishga qarshi chiqqan.

Germaniya kansleri Olaf Shols Putindan qo‘rqib Taurus raketalarini yetkazib berishga to‘sqinlik qildimi, degan savolga javoban, Berbok kanslerni himoya qilishga qaror qilgan va Shols Rossiya rahbaridan qo‘rqmasligini aytgan.

Avvalroq Putin Moskva NATO bilan jang qilmoqchi emasligini aytgandi. U buni shunchaki bema’nilik deb atagan va harbiy xarajatlardagi farqlanishga ishora qilgan.

Noyabr oyi oxirida Vladimir Zelenskiyning Oliy Radadagi “Xalq xizmatkori” partiyasi fraksiyasi rahbari Devid Araxamiya Ukrainadagi harbiy amaliyotlar 2022 yil bahorida yakunlanishi mumkinligini, biroq Ukraina rasmiylari mamlakatning betarafligiga rozi bo‘lmaganini aytgan edi.

Istanbulda Rossiya tomoni bilan muzokaralardan so‘ng Buyuk Britaniyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Boris Jonson Kiyevni Rossiya bilan hech narsa imzolamaslikka va “shunchaki jang qilishga” chaqirgan. Times gazetasiga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri 2022 yil bahorida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarining buzilishiga aloqadorligini rad etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Annalena Berbok: “Putin NATOni mojaroga tortmoqchi”