
«Krokus» voqeasidan so‘ng tojikistonliklar «qo‘rquv va vahima» sabab Rossiyadan ketishni boshlagan. Bu haqda TASS Tojikiston mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligiga asoslanib xabar berdi.
Vazir o‘rinbosari Shahnoza Nodirining aytishicha, Tojikiston mehnat vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasiga muhojirlarning murojaatlari ko‘payib ketgan, ular mamlakatdan chiqib ketishmoqchi.
Amaldor Tojikiston fuqarolarining Rossiyani ommaviy tark etishni boshlagani «maishiy darajada» kuzatilayotgan siquvga olishlar bilan bog‘liq emas, degan fikrda. Ammo mehnat vazirligi vakolatxonasiga bir emas, bir necha marta tahdidli xabarlar kelgani ham haqiqat.
Vazirlik tojiklarning Rossiyadan ommaviy chiqib ketishi — vaqtincha holat, deb hisoblamoqda. Muassasa vatandoshlardan internetda tarqalayotgan millatlararo nizo qo‘zg‘ashga qaratilgan xabarlar ta’siriga tushmaslikni so‘ramoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar