Foto: Reuters
Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Yelina Valtonen Ukrainaga qo‘shin yuborishni istisno etmadi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Valtonenning ta’kidlashicha, hozirgi bosqichda Finlyandiya rahbariyati qo‘shin yuborish masalasini muhokama qilishga tayyor emas, biroq “uzoq muddatda” bunday qaror qabul qilinishi mumkin.
"Hozir quruqlikka qo‘shin yuborish vaqti emas va buni muhokama qilishga ham tayyor emasmiz. Ammo uzoq muddatda, albatta, hech narsani istisno qilmasligimiz kerak", — dedi u.
Valtonen Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga qo‘shin yuborish haqidagi bayonotlariga izoh berdi. U mazkur bayonot xato bo‘lmaganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Makronning so‘zlari “Rossiyani Ukraina tarafdorlari nimaga tayyor ekanini taxmin qilishga majbur qilgan”.
"Prezident Makronning so‘nggi ikki bayonotida menga yoqqan tomoni shuki, u aslida, Putinning qizil chiziqlari deyarli yo‘q ekan, nega biz o‘zimizga qizil chiziqlar qo‘yishimiz kerakligini aytdi", — dedi Valtonen xonim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr