Foto:Getty Images
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tadbirlarda qizil gilamdan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, Report xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur qaror Pokiston duch kelayotgan jiddiy iqtisodiy muammolar fonida qabul qilingan.
Hukumat diplomatik tadbirlarda qizil gilamdan foydalanish faqat protokol maqsadlari bilan cheklanishiga oydinlik kiritgan.
Avvalroq Sharif va uning vazirlar mahkamasi o‘z ixtiyori bilan maosh va imtiyozlaridan voz kechishga qaror qilgan edi. Mamlakat prezidenti Osif Ali Zardoriy ham maosh olmaslikka qaror qilgan.
Lavozimga kelganidan bir necha hafta o‘tgach, Sharif hukumat xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan tejamkorlik choralarini e’lon qilgan edi. Ushbu chora-tadbirlar qatoriga hashamatli avtomobillar xarid qilishni taqiqlash, vazirlarning ekonom-klassda sayohat qilishlari va kommunal to‘lovlarni o‘zlari to‘lashlari hamda besh yulduzli mehmonxonalarda qolmasligini talab qilish kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr