16:24 / 01.04.2024
406

Isroilda Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishlar boshlandi (foto)

Isroilda Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishlar boshlandi (foto)
Foto: The Times of Israel
Isroilda minglab namoyishchilar parlament yaqinidagi ko‘chalarni to‘ldirib, hukumat iste’fosini talab qilib, to‘rt kunlik norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Namoyish tashkilotchilari bosh vazir Binyamin Netanyaxu va uning hukumatini iste’foga chiqishga, Isroilda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga va mamlakat rahbarlarini G‘azoda 7 oktyabr kuni HAMAS hujumidan keyin garovga olingan 130 kishini ozod qilish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lishga chaqirdi. Tashkilotchilarning aytishicha, aksiyada 100 mingdan ortiq kishi qatnashgan.

Foto: The Times of Israel
Mitingda ko‘pchilik Netanyaxu hamon hokimiyatda ekaniga va HAMAS hujumidan olti oy o‘tib mamlakatda hali saylovlar o‘tkazmaganiga norozilik bildirgan. Namoyish paytida Isroil bayrog‘i yoqib yuborilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, kamida bir namoyishchi qo‘lga olingan.

Foto: The Times of Israel

Foto: The Times of Israel
"Birinchidan, biz saylovlar o‘tkazilishini istaymiz, chunki hozirgi hukumat jamoatchilikni namoyon qilmayapti. Ikkinchidan, garovga olinganlar hali ham o‘sha yerda ekan, tanaffus qilish uchun yaxshi vaqt emas deb o‘ylaymiz", — deydi namoyishchilardan biri.

O‘tgan hafta Knesset palatasi qo‘mitasi muxolifat va koalitsiyadagi partiyalarning keskin e’tirozlariga qaramay, olti haftalik tanaffusni ma’qullash uchun ovoz berdi. Tanaffus 7 apreldan 19 maygacha davom etishi rejalashtirilgan.

"Har uch kunda bir garovga olingan kishi vafot etadi. Ular 42 kunlik tanaffus qilishmoqda. Bu 14 nafar garovga olingan halok bo‘ladi, degan ma’noni anglatadi", — deydi Radman ismli namoyishchi.

Foto: The Times of Israel
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilni g‘azoliklarga yordam ko‘rsatish yo‘lidagi barcha to‘siqlarni olib tashlashga va BMTning Falastin qochqinlar bo‘yicha agentligi UNRWA konvoylariga G‘azo shimoliga yetib borishiga ruxsat berishga chaqirgan.

Foto: The Times of Israel

Foto: The Times of Israel

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo