Foto: Savdo-sanoat palatasi
Buyuk Britaniyaning London shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Umidbek Safarov O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashdi. Elchi o‘zbekistonlik mehmonlarni tashrif bilan qutlab, tomonlar IFE 2024 oziq-ovqat va ichimliklar xalqaro ko‘rgazmasi yakunlari bo‘yicha fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, bu orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Londonda O‘zbekiston savdo uyini tashkil etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. Bundan ko‘zlangan maqsad Buyuk Britaniya bilan ishbilarmonlik va iqtisodiy aloqalarni ko‘paytirish va mustahkamlash, shu bilan birga, tadbirkorlar uchun yangi biznes imkoniyatlarini ochish. Uchrashuv yakunida joriy yil davomida tomonlar tarafidan hamkorlik borasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr