© AP Photo / Shandyba Mykyta
Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari yil boshidan buyon uch baravar ko‘paydi, deydi britaniyalik ekspert Aleksandr Merkuris o‘zining YouTube'dagi kanalida.
“Joriy yil boshidan beri Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari doimiy ravishda o‘sib bormoqda. <…> Bu yil vaziyat uch baravar yomonlashdi, mart oyida esa yanada dahshatliroq bo‘ldi”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 2023 yilda Artyomovsk uchun jang paytidagidan ko‘ra ko‘proq ukrainalik askar jang maydonida halok bo‘lmoqda.
Merkuris, shuningdek, Vladimir Zelenskiy aytgan Ukraina Qurolli kuchlarining butun mojaro davomida halok bo‘lgan askarlari haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
Mart oyida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu idora kengashida nutq so‘zladi. Unga ko‘ra, yil boshidan beri Ukraina qurolli kuchlari 71 mingdan ortiq odam va 11 ming texnikani yo‘qotgan. Ukraina armiyasining yo‘qotishlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli uch baravar ko‘p, dedi Shoygu. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi