Xitoy korxonalari juda ko‘p mahsulot ishlab chiqaradi, bu strategiya global muvozanatni buzadi va Xitoyning o‘ziga tahdid soladi. Bu haqda Guanchjouga tashrif buyurgan AQSH moliya vaziri Janet Yellen mahalliy rasmiylarga aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, elektr transport vositalari, akkumulatorlar, quyosh panellari va yarimo‘tkazgichlar kabi toifalarda alohida nomutanosiblik kuzatilmoqda. Sanoatni rag‘batlantiradigan yirik davlat subsidiyalari va ichki talabning zaiflashuvi tufayli global xom ashyo narxlari pasaymoqda va boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqaruvchilar bosim ostida qolmoqda.
Yellen o‘z pozitsiyasini yetkazish uchun yuqori martabali amaldorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazmoqchi. U bunday siyosatning davom etishi muqarrar inqirozga olib kelishini tushuntirmoqchi.
Biroq Pekin hozirda mutlaqo teskari strategiyani tanlamoqda. Prezident Si Szinpin yangi texnologiyalar sohalarida ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun bu tarmoqlarga sarmoyalarni ko‘paytirishni buyurdi.
Davlat subsidiyalari Xitoyga ishlab chiqarish quvvatini oshirish imkonini beradi. Masalan, elektromobillar ishlab chiqaradigan zavodlar qurilishi davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi