date
views 143

Jon Jons antidoping xodimini o‘ldirish bilan tahdid qilgani aytilmoqda

Jon Jons antidoping xodimini o‘ldirish bilan tahdid qilgani aytilmoqda
Foto: Getty Images
Og‘ir vaznda UFC chempioni unvonining amaldagi sohibi, amerikalik Jon Jons Albukerkedagi uyiga taqiqlangan moddalarga test olish uchun kelgan Drug Freye Sport (DFS) antidoping xodimini o‘ldirish bilan tahdid qildi. Bu haqda Abq Raw xabar bermoqda.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Jon Jons o‘ta mast bo‘lgan. DFS xodimi uyga kirganida, Jons testlarni topshirishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng, u o‘ldirish bilan qo‘rqita boshlagan va xodimning telefonini ham olib qo‘ygan. Jarohat olgan erkak politsiyaga murojaat qilgan. Biroq, ma’lumotlar bazasida Jonsga nisbatan jinoiy yoki ma’muriy ish hali ro‘yxatga olinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons o‘zining so‘nggi jangida fransiyalik jangchi Siril Ganni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jon Jons antidoping xodimini o‘ldirish bilan tahdid qilgani aytilmoqda