22:33 / 09.04.2024
431

Fransiya TIV: Rossiya rasmiylari bilan suhbatlashish endi bizning manfaatimizga to‘g‘ri kelmaydi

Fransiya TIV: Rossiya rasmiylari bilan suhbatlashish endi bizning manfaatimizga to‘g‘ri kelmaydi
Foto: Reuters
Fransiya tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurne Moskva muloqot mazmunini noto‘g‘ri ko‘rsatayotgani sababli Rossiya vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish Parij uchun manfaatsizligini aytdi.

Sejurnega ko‘ra, Moskva bilan muloqotni tiklash uchun avvalo ishonch o‘rnatilishi kerak va munosabatlar tiklanishi uchun Ukrainadagi harbiy jabhada o‘zgarishlar kuzatilishi lozim.

"Hozircha bunday bo‘lgani yo‘q", — dedi fransiyalik diplomat.

Shuningdek, Sejurne terrorizmga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlikning uzoq yillik an’anasi boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytgan.

O‘tgan hafta Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu Sergey Shoygu bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Suhbat, birinchi navbatda, ISHID tomonidan 22 mart kuni Moskva viloyatida sodir etilgan teraktga qaratilgan.

Suhbatdan so‘ng Rossiya Mudofaa vazirligi Lekornu va Shoygu o‘rtasidagi suhbat chog‘ida Ukraina bo‘yicha muloqotga tayyorlik qayd etilganini ma’lum qilgan. Bunga javoban Fransiya hukumati vakili bayonotni haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya TIV: Rossiya rasmiylari bilan suhbatlashish endi bizning manfaatimizga to‘g‘ri kelmaydi