23:00 / 09.04.2024
48

Microsoft Londonda sun’iy intellekt markazini ochadi

Microsoft Londonda sun’iy intellekt markazini ochadi
Foto: Reuters
Microsoft korporatsiyasi Microsoft sun’iy intellect (SI) ixtisoslashtirilgan bo‘limi tashkil etilgani va uning negizida Britaniya poytaxti markazida iste’molchi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha yangi markaz ochilishini e’lon qildi.

Bo‘lim rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Microsoft AI London markazi zamonaviy SI til modellari sohasida ilg‘or tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun infratuzilma yaratadi va jahon andozalari darajasidagi vositalarni ishlab chiqadi. Ish SI texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi Microsoft'ning boshqa bo‘linmalari, shuningdek, hamkorlar, jumladan, OpenAI bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

London SI markazini mazkur sohadagi taniqli olim va muhandis Jordan Xoffman boshqaradi. Microsoft kompaniyasiga qo‘shilishdan oldin u Britaniyaning Inflection AI va DeepMind AI startaplarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Microsoft markazga katta miqdorda sarmoya kiritishni va Buyuk Britaniyaning eng yaxshi SI iste’dodlarini ishga olishni rejalashtirmoqda va tez orada olimlar va muhandislar uchun dunyodagi eng katta SI loyihalarida ishlash uchun ish o‘rinlarini e’lon qiladi.

Ta’kidlanishicha, yangi SI markazi Microsoft kompaniyasining Britaniyadagi mavjud faoliyatini to‘ldiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Microsoft Londonda sun’iy intellekt markazini ochadi