09:20 / 13.04.2024
90

Norvegiya bosh vaziri: “Norvegiya Falastin davlatini, uning BMTga to‘laqonli a’zoligini tan olishga tayyor”

Norvegiya bosh vaziri: “Norvegiya Falastin davlatini, uning BMTga to‘laqonli a’zoligini tan olishga tayyor”
Foto: Anadolu
Norvegiya bosh vaziri Jonas Gahr 12 aprel kuni Oslo hukumati Falastin davlati va uning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi “tegishli” o‘rnini tan olishga tayyor ekanligini e’lon qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Jonas Gahr ispaniyalik hamkasbi Pedro Sanches bilan uchrashuvdan so‘ng ushbu bayonotni e’lon qilgan. Vazir 12 aprel kuni Yevropa davlatlarini mustaqil Falastin davlatini tan olishga ko‘ndirish uchun qit’a safariga chiqqan.

Jonas Gahr Falastinni “iloji boricha tezroq” tan olishni maqsad qilganini bildirgan. U bu borada Ispaniya bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytgan.

Mintaqada tinchlikka erishish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun qaysi vaqtda va qanday sharoitda Falastinni tan olish yuzasidan savol tug‘iladi. Bugungi uchrashuv shuni aniq ko‘rsatdiki, biz Madrid va Oslo o‘rtasida juda yaqin pozitsiyaga egamiz”, — degan Norvegiya rasmiysi qo‘shma matbuot anjumanida.

Norvegiya va Ispaniya rasmiylari G‘azodagi gumanitar vaziyatni qoralab, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga va Isroilni qamaldagi aholiga gumanitar yordam yetib borishiga ruxsat berishga chaqirgan.

Biz mintaqaga abadiy tinchlik va adolat olib keladigan siyosiy yechimga erishishimiz kerak. Barchamiz faqat ikki davlat qarori mojaroga barham berishiga rozi bo‘lishimiz kerak”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Norvegiya bosh vaziri: “Norvegiya Falastin davlatini, uning BMTga to‘laqonli a’zoligini tan olishga tayyor”