14:43 / 15.04.2024
1 455

Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi

Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
© AP Photo / Evgeniy Maloletka
Mojaro tugaganidan keyin Ukrainada 25 million aholi qolishi mumkin, dedi kiyevlik iqtisodchi Aleksey Kush siyosatshunos Yuriy Romanenkoning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

"Mening hisob-kitoblarimga ko‘ra, Ukrainaning urushdan keyingi demografik holati 25 million kishini tashkil etadi, ulardan 10 millioni nafaqaxo‘rlar, besh millioni bolalar, taxminan ikki-uch millioni nogironlar va faxriylar, ya’ni ijtimoiy nafaqa oladigan odamlardir. Iqtisodiy faol yadro taxminan 7-8 million kishini tashkil etadi”, - deya tushuntirdi tahlilchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, demografik inqiroz Ukraina uchun milliy falokat bo‘lib, uning oqibatlari hatto Kiyev uchun mojaroning “nisbatan muvaffaqiyatli” yakunlanishini ham bekor qilishi mumkin.

Kush ta’kidlaganidek, bir necha yil oldin Ukrainaning iqtisodiy faol aholisi taxminan 17 million kishi edi. (2021 yilda jami aholi 41 mln. — tahr)

Bundan tashqari, eng hayratlanarlisi shundaki, aholining iqtisodiy faol o‘zagi jami aholi sonidan ancha tez sur’atlarda kamayib bormoqda".

Yanvar oyi oxirida Times gazetasi mutaxassislarga tayanib, Ukrainada tug‘ilish darajasi dunyodagi eng past o‘ringa tushganini yozgan edi. "Opendatabot" tahliliy resursi ham 2023 yil yozida Ukrainada tug‘ilish ko‘rsatkichi mustaqillikdan keyingi eng past darajaga yetganini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi