23:13 / 15.04.2024
222

Orenburgdagi suv toshqinlari oqibatida 18,5 mingga yaqin turar joy binosini suv bosdi

Orenburgdagi suv toshqinlari oqibatida 18,5 mingga yaqin turar joy binosini suv bosdi
Foto: “TASS”
Rossiyaning Orenburg viloyatida yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 18,5 mingdan ortiq aholi turar joylari suv ostida qolgan. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, suv toshqinlari ostida qolgan hududlardan jami 16 547 kishi evakuatsiya qilingan. Ko‘chirilganlarning 4 648 nafari bolalardir.

Hozirga qadar Orenburg viloyatidagi 18,5 ming shahar turar-joy binosi, 36,6 mingdan ortiq hovli inshootlari suv ostida qolgani xabar qilingan. Shuningdek, 23 ming 600 dan ortiq tomorqa yerlarini suv bosgan. 99 ta aholi punkti va 39 ta bog‘dorchilik shirkatidagi 32 ta munitsipalitet hududi toshqinga uchragan.

Rasmiylar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 1100 dan ortiq fuqaro vaqtinchalik joylashtirish markazlarida yashamoqda. Toshqin suvlari chekinayotgan hududlarda 100 dan xodimdan iborat 20 ta toshqindan zararni baholash komissiyalari faoliyat yuritmoqda.

Hozirda Orenburg viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Ural daryosi suv sathi 1169 santimetrlik darajada saqlanib turgani ma’lum qilingan. Mutaxassislar keyingi 10 kun davomida suv sathi 3 barobar pasayishini taxmin qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Orenburgdagi suv toshqinlari oqibatida 18,5 mingga yaqin turar joy binosini suv bosdi