15:59 / 16.04.2024
60

Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi

Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi
Turkiya tibbiyot turizmi sohasida o‘tgan yili 2,3 milliard dollar miqdorida daromad qildi va ushbu yo‘nalishda dunyoda 7-o‘rinni egalladi. Bu haqda Turkiya Savdo vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan e’lon qilingan bayonotda, Turkiyaning tibbiyot turizmi sohasidagi brend va ushbu brend bilan bog‘liq bo‘lgan «Turkiyada shifo» (Heal in Türkiye) internet portaliga sog‘liqni saqlash turizmi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 175 ta muassasa kiritilgani va bunga kirish uchun murojaatlarning kundan kunga ko‘payib borayotgani alohida aytib o‘tilgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiyot turizmi bo‘yicha eng ko‘p turistlar Yaqin Sharq mamlakatlari, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Afg‘onistondan tashrif buyurishgan.

Turkiyaga o‘tgan yili davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni 1,4 million kishini tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi