22:30 / 19.04.2024
89

Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi

Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi
Foto: ISRO
Germaniya va Polshadagi yirik aviakompaniyalar Isroil poytaxtiga reyslarni bekor qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Yaqin Sharqda yangi havo hujumlari sodir bo‘lishi ehtimoli kompaniyalarni shu qarorni chiqarishga majbur qilgan. Rasmiylar qisqa fursatda yana reyslar tiklanishini ma’lum qilgan.

Oldinroq Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Tel-Avivga reyslarini bekor qilgan edi. Shu bilan birga, kompaniya butun Yaqin Sharq hududida parvozlarini to‘xtatgan yoki cheklagan.

Shuningdek, Polshaning LOT aviakompaniyasi 19 aprel kuni Tel-Aviv va Bayrutga reyslarni to‘xtatgan. Parvozlarni qayta tiklash masalasi yakshanba kuni ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingan.

Qator Yevropa aviakompaniyalari 30 aprelga qadar Yaqin Sharqqa parvozlarni to‘xtatgan. Kompaniyalar rahbariyatlari siyosiy taranglik yumshashi bilanoq qaror qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi