«Katta yettilik» davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya, Yaponiya) tashqi ishlar vazirlari Rossiya Ukrainadagi mojaroga «bugun» barham berishi mumkinligini aytishdi. Buning uchun ruslar Ukraina hududlaridan qo‘shinlarini butunlay olib chiqib ketishi kerak. Bu haqda vazirlarning Italiyadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotiga tayanib, «RIA Novosti» yozmoqda.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Rossiyadan Ukrainaning anneksiya qilingan hududlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilishdi.
Shuningdek, «Katta yettilik» davlatlari Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirishni va Kiyevga xavfsizlik bo‘yicha yordamni oshirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, uchrashuv yakunlari bo‘yicha G7 davlatlari Rossiya va uning hamkorlariga nisbatan sanksiyalar bosimini oshirishga va’da berishdi. G7 tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Moskvaning Yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiyasini bekor qilganidan xavotir bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina tomoni ham Rossiya bosib olingan hududlarni tark etgandan keyingina tinchlik muzokaralarini boshlashi haqida gapirib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi