
Rossiya tanklari yangi himoya tizimlari bilan jihozlana boshlandi. Bu haqida mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Omsk viloyatidagi mudofaa korxonalariga bo‘lgan tashrifi chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
Korxona rahbari mudofaa vaziriga uning topshirig‘iga binoan zirhli texnikalar maxsus operatsiya zonasiga jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda ularning xavfsizligi kuchaytirilgani haqida ma’lum qildi.
Xususan, hozir zavodda ishlab chiqarilayotgan yangi T-80BVM tanklari yig‘ish liniyasida "Nakidka" (yopinchiq) nomli kamuflyaj tizimi, himoya "ayvonchasi" hamda tank bashnyasini qo‘shimcha himoyalovchi maxsus to‘r bilan jihozlanayotgani haqida hisobot berildi.
Mudofaa vaziri zavod rahbariyatiga xuddi shunday himoya vositalarini ayni damda maxsus operatsiya hududida jang qilayotgan tank bo‘linmalariga ham qo‘shimcha ravishda yetkazib berishni tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng Sergey Shoygu maxsus operatsiya hududiga jo‘natishga tayyor bo‘lgan va temir yo‘l platformalariga yuklangan tanklar va boshqa zirhli texnikalarni ko‘zdan kechirdi, korxona huzuridagi o‘quv-tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi.
Rossiya TanklariYangi HimoyaMudofaa VaziriOmsk ViloyatiZirhli TexnikalarMaxsus Operatsiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar