16:00 / 22.04.2024
59

Tramp mart oyida advokatlar uchun qariyb 5 million dollar sarfladi

Tramp mart oyida advokatlar uchun qariyb 5 million dollar sarfladi
Foto: Getty Images
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mart oyida advokatlik to‘lovlari uchun 4,9 million dollar sarfladi. Bu haqda Tramp saylovoldi kampaniyasining moliyaviy hisobotlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Tramp advokatlarga pul to‘lash uchun ishlatadigan hisobvaraqlarda 6,8 million dollar qolgan. Hozircha u o‘zining yuridik to‘lovlarini Save America siyosiy harakat qo‘mitasi hisobidan to‘lamoqda. 2023 yil yanvar oyidan beri Save America advokatlik to‘lovlari uchun 62 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.

Respublikachilar milliy qo‘mitasi allaqachon Trampning sud xarajatlarini to‘lashdan bosh tortgan, deya qo‘shimcha qilgan nashr.

Bloomberg Qo‘shma Shtatlarning sobiq rahbari o‘z donorlaridan ko‘proq pul yig‘ishga yoki o‘z boyligidan foydalanishga harakat qilishi mumkinligini aytgan.

Tramp bir qancha ishlarda, jumladan, Kapitoliyga bostirib kirish, maxfiy hujjatlarni saqlash va moliyaviy hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda.

Shu yilning yanvar oyida Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati Tramp uni ta’qib va ​​tuhmatda ayblagan yozuvchiga 83,3 million dollar to‘lashi haqida hukm chiqargan. Fevral oyida sud Trampni Trump Organization aktivlarini firibgarlik yo‘li bilan baholashda aybdor deb topgan va foizlarni qo‘shgan holda taxminan 454 million dollar to‘lashga majbur qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp mart oyida advokatlar uchun qariyb 5 million dollar sarfladi