08:56 / 23.04.2024
272

Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video)

Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video)
Videodan skrinshot
Shimoliy Koreda Kim Chen In «g‘amxo‘r ota» va «buyuk dohiy» sifatida madh etilgan qo‘shiq chiqarildi. Bu uning nufuzini oshirishga qaratilgan targ‘ibot kampaniyasining bir qadamidir, deb yozdi voqeaga munosabat bildirgan Reuters.

«Friendly Father» (G‘amxo‘r ota) qo‘shig‘ining videoklipi chorshanba kuni Koreya markaziy televideniyesida efirga uzatildi. Bolalardan tortib harbiylar va shifokorlargacha — aholining barcha qatlamlari vakillari og‘zidan jaranglagan qo‘shiqda «Kuylaymiz, Kim Chen In — buyuk dohiy» va «Alqaymiz, Kim Chen In — g‘amxo‘r ota» kabi ma’nolarni ilg‘ab olish mumkin.

Orkestr ishtirokidagi jonli ijroni Kimning o‘zi bevosita kuzatgan.

Qo‘shiq taqdimotidan avvalroq Shimoliy Koreya OAVda mamlakat asoschisi — Kim Ir Sen tug‘ilgan kuni o‘tkaziladigan davlat bayrami nomi «Quyosh Kuni»dan oddiyroq — «Aprel bayrami»ga o‘zgartirib berilgandi.

Ta’kidlanishicha, bu ham Kim Chen Inning ajdodlari yelkasidan tushib, oyoqqa turishga intilayotganidan dalolat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video)