Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi

Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi
Foto: Videodan kadr
Ukraina xavfsizlik xizmati 24 aprelga o‘tar kechasi Rossiyaning Smolensk viloyatidagi neft bazalariga ikkita dron uchirdi. Bu haqda “Interfaks-Ukraina” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, nishonga olingan obyektlarda 26 ming kub metr Rossiya yonilg‘isi saqlangan. Portlashlardan so‘ng yonilg‘i-energetika obyektlarida yirik masshtabda yong‘in kelib chiqqan. Obyektlardagi xodimlar evakuatsiya qilingan.

“Rosneft” Smolensk viloyatidagi Yarsevo va Razdorovo aholi punktlarida yonilg‘i-moylash materiallarini saqlash va quyishga mo‘ljallangan ikkita baza hujumga uchragani yuzasidan ma’lumot bermagan. Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anoxin ma’lumotni tasdiqlab, hech kim jabrlanmaganini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar