16:21 / 27.04.2024
185

AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi

AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi
Foto: Google Images
Amerika razvedka idoralari Aleksey Navalniyning o‘limida Rossiya rahbariyatining aloqadorligi haqida dalillar topa olmadi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayangan holda bayonot berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi, Milliy razvedka direktori idorasi va Davlat departamentining razvedka bo‘limi Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Navalniyni o‘ldirishga buyruq bermagan” degan xulosaga kelgan. Nashrning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar tegishli ma’lumotlarni Yevropa razvedka idoralariga yetkazgan.

Oldinroq Putin saylovoldi shtabida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga Navalniyni “G‘arb davlatlarida qamoqda o‘tirgan ba’zi odamlarga” almashtirish taklif qilinganini aytgandi.

Putin mazkur taklifga shu zahoti rozi bo‘lganini ma’lum qilgan. Putin ilgari surgan yagona shart Navalniy Rossiyaga qaytmasligi kerak edi. Shu bilan birga, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ishda Navalniy kimga almashtirilishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi