14:55 / 28.04.2024
107

Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)

Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Foto: Getty Images
Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Guanchjou shahriga tornado yopirilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 33 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Markaziy televideniyesiga tayanib, “Moskva 24” xabar berdi.

Tornado mahalliy vaqt bilan soat 15:00 atrofida Bayyun viloyatida sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng shaharda oqibatlarni bartaraf etish va favqulodda tiklash ishlarini olib borish uchun qidiruv-qutqaruv ishlarini o‘z ichiga olgan maxsus ishchi guruhlar tuzilgan. Ishga shifokorlar, o‘t o‘chiruvchilar, jamoat xavfsizligi xodimlari va transport politsiyasi ham jalb qilingan.

Kechqurun asosiy qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangan. Barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Televideniye xabarlariga ko‘ra, tornado tufayli 140 dan ortiq zavod binosi vayron bo‘lgan. Turar joy binolarining qulashi kuzatilmagan.

Avvalroq Xitoyning Qozog‘iston chegarasiga yaqin hududida 5,1 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. Zilzila epitsentri Xitoyning Aksu okrugidan 133 kilometr g‘arbda va Qozog‘istonning Olmaota shahridan 260 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Zilzila manbayi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)