18:00 / 28.04.2024
129

“Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi

“Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi
Foto: Henry Aldridge & Son
1912 yilda cho‘kib ketgan “Titanik”ning eng boy yo‘lovchisi Jon Jeykob Astor IV ga tegishli tilla cho‘ntak asoati auksionda rekord darajadagi 1,175 million funt sterlingga (1,4 million dollardan ko‘proq) sotildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat AQSHdan kelgan xususiy kolleksionerga laynerdan esdalik uchun olingan buyumlar ichida eng yuqori summaga sotilgan.

"Titanikning hikoyasi shundan iboratki, katta kema aysberg bilan to‘qnashib, halokatga uchragan, undagi har bir erkak, ayol va bolaga 2,2 ming hikoya to‘g‘ri keladi. Esdalik buyumlari bugungi kunda o‘sha voqealar haqida gapiradi", — dedi auksioner Endryu Oldrij.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Astor o‘sha paytda dunyodagi eng boy shaxslardan biri bo‘lgan, uning boyligi taxminan 87 million AQSH dollarini tashkil qilgan. Uning jasadi falokatdan bir hafta o‘tib, JJA o‘yib yozilgan cho‘ntak soati bilan birga topilgan.

Shuningdek, kimoshdi savdosida kema cho‘kayotganda chalingan skripkaning futlyari 360 ming funt sterlingga (459 ming dollardan ortiq) baholangan. Skripkaning o‘zi 2013 yilda 1,7 million dollarga sotilgan edi.

Avvalroq Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan, film oxirida qahramon Keyt Uinslet qochib ketgan “Titanik” filmidagi eshik kimoshdi savdosida qariyb 720 ming dollarga sotilgani xabar qilingandi.

"Filmning yakuniy qismidagi qahramon Uinsletning libosi 125 ming dollarga sotildi", — deya qo‘shimcha qilgan The Hollywood Reporter.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi