06:00 / 29.04.2024
234

Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi

Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Illustrativ foto: Anadolu
Husiylar Qizil dengizda Rossiya neftini olib ketayotgan Britaniyaning Andromeda Star neft tankeriga hujum qildi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Hujum 27 aprel kuni yuz bergan, kema neftni Hindistonga olib ketayotgan bo‘lgan. AQSH Markaziy qo‘mondonligining aniqlik kiritishicha, husiylar uchta raketa uchirgan, ulardan biri Panama bayrog‘i ostida suzayotgan va Seyshel orollarida ro‘yxatga olingan tankerga zarar yetkazgan.

Ambrey firmasiga ko‘ra, kema “Rossiyaga aloqador” savdo bilan shug‘ullangan. Husiylar hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Britaniya kemasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berilgan”, — deydi husiylar harbiy idorasi matbuot kotibi Yahyo Sari.

Avvalroq Rossiya va Xitoy husiylar bilan Qizil dengiz va Adan ko‘rfazi orqali kemalarning to‘siqsiz o‘tishi bo‘yicha kelishib olgandi. Jumladan, husiylar yuqoridagi ikki davlatning kemasini nishonga olmaslikka va’da bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi