06:39 / 30.04.2024
90

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Foto: Al Arabiya
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon 29 aprel kuni Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, uchrashuvda valiahd shahzoda Falastin rahbari Mahmud Abbosga qirollik Falastin xalqi o‘z huquqlariga erishmaguncha ularni doimiy qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Ikki davlat yechimini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Saudiya taxt vorisi uning mamlakati G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun tinimsiz sa’y-harakatlarni davom ettirayotganini aytgan. Bu borada Isroil va AQSH rasmiylari bilan faol muzokaralar olib borilayotgani bildirilgan.

Mahmud Abbos Ar-Riyodda bo‘lib o‘tayotgan Jahon Iqtisodiy Forumining maxsus yig‘ilishida Qo‘shma Shtatlardan Isroilning Rafahga bostirib kirishiga jiddiy qarshilik ko‘rsatishni so‘ragan. Uning fikricha, Rafahga hujum “Falastin xalqi tarixidagi eng katta falokat” bo‘lishi mumkin.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi AQSH davlat kotibi Entoni Blinken va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan ham uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu uchrashuvlarda muhokama qilingan mavzular tafsilotlari hozircha ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi