8 660
Dunyodagi eng keksa davlat rahbari sanaladigan Zimbabve prezidentining maoshi 12 ming dollar ekani ma’lum bo‘ldi
Dunyodagi eng keksa davlat rahbari, Zimbabvening 91 yoshli prezidenti Robert Mugabe oyiga 12 ming dollar maosh olishi ma’lum bo‘ldi.
Biroz oldin, yangi jihozlar keltirilgan mamlakat poytaxti Xararedagi markaziy shifoxonaga tashrifi chog‘ida davlat rahbari uning maoshi 10 ming dollar va turli nafaqalar ko‘rinishida qo‘shimcha yana 2 ming dollar, ya’ni umumiy hisobda 12 ming dollarni tashkil qilishini aytgan.
Mugabe mamlakat qiyin iqtisodiy vaziyatda qolgan vaqtda, bu maosh unga kifoya qilishini aytgan.
“Hechqisi yo‘q, o‘lib qolmaymiz, yaxshi zamonlar hali oldinda”, deydi Mugabe.
Bir yil oldin Mugabe uning maoshi 4 ming dollarni tashkil qilishini ma’lum qilgandi.
O‘tgan yili Zimbabvedagi davlat shifoxonalari shifokorlari maoshlari oshirilishini talab qilib, ish tashlash e’lon qilgan edi. O‘sha paytda ularning maoshlari 300 dollardan kamroqni tashkil qilgan.
Oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra, Zimbabveda yoshi katta aholining 72 foizi oyiga 200 dollardan kamroq maosh olishi aniqlangan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kreml AQSHning Rossiyaga ATACMS zarbalari haqidagi qaroriga qanday munosabat bildirdi?
Isroilga qurol sotishni to‘xtatish AQSH Senatida ko‘rib chiqiladi