© AP Photo / Andrew Harnik
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan tugatish bo‘yicha batafsil rejani ishlab chiqdi, deb yozadi Britaniyaning Telegraph gazetasi manbasiga tayanib.
“U (Tramp) urushni tinch yo‘l bilan tugatish bo‘yicha batafsil rejani ishlab chiqdi, biroq uni saylovgacha oshkor qilmaydi”, — deyiladi nashrda.
Manbaning ta’kidlashicha, Tramp rejani “telekanallar yangiliklarida muhokama qilmoqchi emas”.
Qayd etilishicha, saylovoldi tashviqoti davomida sobiq prezident mojaroga barham berish haqidagi oddiy bayonotlar bilan cheklanishni rejalashtirgan. Shu yo‘l bilan siyosatchi AQSHda uning tinch yo‘l bilan qarorini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarni o‘ziga jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Tramp avvalroq, agar u qayta saylansa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni atigi 24 soat ichida hal etish niyatida ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu bayonotlarni sharhlab, bunday oddiy yechim uchun bu juda murakkab muammo ekanligini ta’kidlagan.
AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Saylovoldi poyganing asosiy raqiblari – amaldagi davlat rahbari, demokrat Jo Bayden, shuningdek, sobiq Amerika yetakchisi, respublikachi Donald Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari