date

Xitoydagi G20 sammitida nimalar muhokama qilinmoqda?

Xitoydagi G20 sammitida nimalar muhokama qilinmoqda?

Avval xabar berganimizdek, Xitoyning Xanchjou shahrida G20 (Katta yigirmalik) davlatlari ishtirokida sammit bo‘lmoqda. Kecha, 4 sentyabr kuni boshlangan sammit bugun, 5 sentyabr kuni o‘z ishini yakunlaydi.

Xanchjouda dunyoning eng ilg‘or iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlari jam bo‘lishdi. G20ning bu galgi sammitida davlat rahbarlari asosan “Innovasion, sog‘lom, izchil va inklyuziv jahon iqtisodiyotini barpo etish” mavzusini muhokama qilishmoqda.

Bundan tashqari, G20 davlat rahbarlari ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazib dolzarb mavzularni muhokama qilmoqdalar:

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an G20 sammiti doirasidagi uchrashuv vaqtida Suriyadagi vaziyatni hamda ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini muhokama qilishdi.

Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel muzokaralar davomida Suriyaning Halab shahridagi “ayanchli gumanitar holat”ni muhokama qilishdi, Minsk kelishuvlarining keyingi bajarilishi masalasini ko‘rib chiqishdi.

Bundan tashqari BRIKS davlat rahbarlari ham G20 davomida norasmiy uchrashuv o‘tkazishdi.

G20 sammiti davomida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlar davom etmoqda.

Manba: Qalampir.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydagi G20 sammitida nimalar muhokama qilinmoqda?