
Foto: “Dunyo” AA
Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda xalqaro maktab tashkil etish imkoniyatlari bilan tanishmoqda, deb xabar berdi Dunyo” AA.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistonidagi Al Faris International kompaniyasi raisi Osama ibn Solih bilan uchrashib, O‘zbekistonda ta’lim sohasida yangi innovatsion o‘quv dasturlarini tatbiq etish, xususiy xalqaro maktablar filiallarini ochish va o‘qituvchilar malakasini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Osama ibn Solih o‘zi boshqarayotgan Al Faris International kompaniyasi ta’lim sohasini rivojlantirish, o‘qitish sifatini yaxshilash, o‘quvchilar bilimini oshirish yo‘nalishida ish olib borishini bildirdi. Kompaniya sarmoyasi bilan tashkil etilgan xalqaro maktablar dunyo mamlakatlari xalqaro standarti IBO‘ga asosan faoliyat olib bormoqda. Ular Saudiyadagi maktablar orasida eng yuqori o‘rinlarda turadi.
Elchi Nodirjon Turg‘unov shu kabi maktablarni O‘zbekistonda ochish, o‘quvchilar bilimini har tomonlama yaxshilash va o‘qituvchilarning malakaviy ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish taklifini bildirdi. Saudiya tomoni ushbu taklifni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilib, bu borada barcha imkoniyatlar mavjudligini bildirdi.
"Biz yuz foiz o‘z kapitalimiz asosida yoki o‘zbekistonlik sheriklar bilan xalqaro maktablarni tashkil etishga tayyormiz. Ushbu maktablarda xalqaro standartlarga mos ravishda ta’lim beriladi, o‘qish xorijiy va mahalliy til qat’iy talabi asosida olib boriladi", — dedi u.
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim muassasalari ham tashkil etilishini, unda 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga maktabga tayyorgarlik bo‘yicha kuchaytirilgan darslar o‘tilishini qo‘shimcha qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar